Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-январь 2025, 15:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

6-B sinf o‘quvchilari bilan “Ta'tilni kitob o‘qish bilan o‘tkazamiz” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

Yunusobod tumanidagi 12-maktabning 6-B sinf o‘quvchilari bilan “Ta'tilni kitob o‘qish bilan o‘tkazamiz” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Unda maktabning ona tili va adabiyot o‘qituvchisi G.Kurbanova, kutubxonachi K.Asrorova, targ‘ibotchi G.Shodiyeva ishtirok etdi. Hademay, o‘quvchilarning yozgi ta'til mavsumi boshlanadi. O‘quvchilar ta'til mavsumini mazmunli o‘tkazish uchun hozirdanoq rejalar tuzib, tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ta'til kunlari bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishning eng zo‘r yo‘li bu – kitoblar mutolaasidir. Ammo qanday kitoblarni o‘qish masalasi ko‘pchilik o‘quvchilarni o‘ylantiradi. Albatta, kitob tanlash ham alohida mahorat, insonning qiziqishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Kimdir antiutopiyaga  qiziqadi, kimdir detektiv asarlarga. Aksariyat o‘quvchilar yozgi ta'tilda ko‘proq sarguzasht kitoblarni o‘qishni ma'qul ko‘rishdi. Mahorat darsida mutolaa uchun kitob tanlash, uni qiziqib, tez va tushunib o‘qish bo‘yicha tavsiyalar berildi va  o‘zaro fikrlar almashildi.