Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-январь 2025, 15:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun maktabimizda 2023-yil 30-aprel kuni yurtimizda o‘tkazilayotgan siyosiy jarayon — Referundum bo‘yicha targ‘ibot -tashviqot ishlari olib borildi

Yunusobod tumani 12-umumta'lim maktabida 2023-yil 30-aprel kuni yurtimizda o‘tkazilayotgan siyosiy jarayon —  Referundum bo‘yicha targ‘ibot -tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbirda Respublika ma'naviyat va ma'rifat Yunusobod tuman bo‘limi bosh mutaxassisi Xaydarova Charos, «Ahilobod» mahallasi raisi M.Murzametova, mahalla faollari, maktab pedagogik jamoasi, ota- onalar ishtirok etishdi. 
❇️ Maktab direktori G.K.Ergasheva  so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan  o‘zgarishlar, inson manfaati yo‘lida xizmat qiluvchi moddalar  bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi.
❇️ Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati, inson qadr- qimmatining ulug‘lanishi kabi oliy maqsadlar borasida olib borilgan va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari Referendum jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Bugun maktabimizda 2023-yil 30-aprel kuni yurtimizda o‘tkazilayotgan siyosiy jarayon —  Referundum bo‘yicha targ‘ibot -tashviqot ishlari olib borildi