Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-январь 2025, 15:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Ikki buyuk siymo” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 3 fevral kuni Yunusobod tumanidagi 12-sonli maktabda “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi doirasida “Ikki buyuk siymo” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlari munosabati bilan maktab kutubxonachisi K.Asrorova va targ‘ibotchi G.Shodiyeva tomonidan tashkil etilgan ushbu mahorat darsida 5 “g” sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Unda ulug‘ allomalarimiz ijodi va faoliyatini o‘rganish, ularning yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘irilgan asarlari mazmun-mohiyatini yosh avlod ongiga singdirishga e’tibor qaratildi. Shuningdek, Xuseynova Ruxshona, Abdunazarov Anvarjon singari faol o‘quvchilar Navoiy va Bobur g‘azallarini yoddan ifodali qilib aytib berishdi. Ishonamizki, mahorat saboqlari ulug‘ mutafakkirlarimiz asarlari mazmunini chuqur anglashga, yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.