Maktabimizda "Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatish - xalqimizga xos fazilat" degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan "Keksalar haftaligi"ni o'tkazish rejasi bo'yicha maktab o'quvchilari bilan tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Jumladan, "Buvijonim o'gitlari" mavzusida o'tkazilgan davra suhbatlari o'sib kelayotgan yosh avlod uchun saboq darsi bo'ldi. O'quvchilar faxriy ustoz Radjabova Ayimxon onaxondan hayotlari uchun kerak bo'ladigan pand-nasihatlar oldilar, kitob o'qishning ahamiyati va inson shakllanishidagi o'rni xususidagi ma'lumotlarga ega bo'ldilar, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.