Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-январь 2025, 15:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent shahrida Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi


Xabaringiz bor, joriy yilning 3-5 avgust kunlari Toshkent shahrida Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi . Bugun poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, nufuzli tanlovning final bosqichida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 97-sonli umumta’lim maktabi jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Shu munosabat bilan, bugun mazkur ta’lim muassasasiga Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov, Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov tashrif buyurdi. Tantanali marosimda maktab jamoasining erishgan yutug‘iga salmoqli hissa qo‘shgan pedagog-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ularning ota-onalari munosib taqdirlandi. Taqdirlash marosimida tanlovning final bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablarga belgilangan pul mukofotlari topshirildi.
Unga ko‘ra:
1-o‘rinni egallagan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 97- maktab jamoasi – 500 million so‘m;
2-o‘rinni egallagan Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 40-maktab jamoasi – 400 million so‘m;
3-o‘rinni egallagan Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi 5-maktab jamoasi – 300 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etgan 70 nafar o‘quvchi va ularning 14 nafar ustozlariga Buyuk Britaniya davlatiga ta’lim sayohatiga borish uchun maxsus yo‘llanmalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking), o‘qish (reading) nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ham tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.   
Eslatib o‘tamiz, sinov natijalariga asosan B2 va undan yuqori natija qayd etgan o‘quvchilarga xalqaro tan olinadigan til bilish sertifikati taqdim etiladi.
 
G‘olib bo‘lgan barcha maktab jamoalarini muborakbod etadi!