Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-январь 2025, 15:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yozgi onlayn olimpiadalar boshlanmoqda

Navbatdagi onlayn olimpiadalar 2022-yil 27-iyun — 4-iyul kunlari Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya hamda Ingliz tili fanlaridan 4-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, yuqoridagi grafik asosida o‘tkaziladi. Olimpiadada ishtirokchilarga 20 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi va ularni bajarish uchun 1 soat vaqt ajratiladi. 

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun o‘quvchilar ro‘yxatdan o'tishi shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn (https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn) Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar o‘z ta'lim muassasalari tomonidan tizimda tasdiqlanishi kerak. 

?Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi. 

⭕️Tizimdan oldin ro'yxatdan o‘tgan lekin hozirda login parolini eslay olmayotgan o‘quvchilar o‘z ta'lim muassasalariga murojaat qilib, o‘z login parollarini bilib olishlari mumkin. 

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.