Butun dunyo bo‘ylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Xususan, bugun maktabda bolalar uchun alohida bayram tadbiri uyushtirildi.Tadbirda o‘quvchilarning badiiy chiqishlari she’r, qo‘shiq, raqslari namoyish etildi, sport musobaqalari va rasm chizish tanlovlari ham o‘tkazildi. Tadbirga "Yangibog‘" MFY raisi S. Akilov, "Ahilobod" MFY raisi M.Murzametova tashrif buyurishdi.Xulosa qilib aytganda, «Bolalarni himoya qilish kuni» bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini bolalarning yuzida tabassumni ko‘rish, ularning baxti-iqboli, ularning huquqlarini himoya qilishga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir.