Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-январь 2025, 15:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

DIQQAT DIQQAT TANLOV!!!

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 5 ta muhim tashabbus doirasida “5 tashabbus – kitob bilan” shiori" ostida “Kitobxon maktab” festival-tanlovini e’lon qiladi!

I. SHARTLARI QANDAY❓❓❓

BU JUDA ODDIY 
1️⃣  Festival-tanlov 2022-yil may-iyun oyida xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.


2️⃣  Umumta’lim maktablari tomonidan kitobxonlik kechalari;

davra suhbatlari, bahru-bayt;

eng faol kitobxon o‘quvchi, kitobxonlik klublari o‘rtasida 

zakovat intellektual o‘yinlari;

kitob taqdimotlari, kitobxonlik aksiyalari tashkil etiladi.
Har bir umumta’lim maktablari tomonidan may oyida mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda har kuni darsdan tashqari vaqtlarda tarmoq tadbirlari tashkil etiladi. 

Tarmoq tadbirlarida kitobxonlikni o‘z ichiga olishi va ular o‘quvchilarni rivojlantiruvchi hamda motivatsion ta’sir xususiyati kasb etishi zarur.

Umumta’lim maktablarida may oyida o‘tkazilgan tadbirlardan foto va video lavhalar jamlab boriladi.

3️⃣ Festival-tanlov o‘tkazilishi bo‘yicha jamlangan foto va video lavhalardan besh daqiqadan ortiq bo‘lmagan videorolik tayyorlagan holda ularni joriy yilning 5-iyuniga qadar #kitobxon_maktab xeshtegi bilan facebook.com ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan 5tashabbus_maktabda guruhida joylashtiriladi.

II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY ❓
Videorolik 2022-yil 25-iyun kuniga qadar guruhda jamoatchilik fikri va Xalq ta’limi vazirligida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi:

Festival-tanlov natijalari 100 ballik tizimda baholanadi:

a) jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikrlar;
b) videorolik joylashtirilgan havolaga bosilgan yoqtirish belgilari (layklar);
d) videorolikning ulashilganligi soni;
e) videorolikning sifatliligi;
f) tadbirlarining belgilangan tartibda va yuqori darajada o‘tkazilganligi;
g) o‘qituvchi va o‘quvchilarning jalb qilinganligi;
h) ijodiy yondashuv va original g‘oyalar asosida amalga oshirilganligi;
i) o‘quvchilarga rivojlantiruvchi hamda motivatsion ta’sir xususiyati;
j) amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi;
k) umumta’lim maktabida 5 ta tashabbusni joriy etilganligini videorolikda ko‘rsatib bera olganligi.

3. G‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan sanada https://t.me/besh_tashabbusuyimizda telegram kanalida e’lon qilinadi.  

III. G‘OLIB QANDAY MUKOFOTLANADI❓
?Festivalda barcha hududdan 1-, 2-, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 42 ta maktablar aniqlanadi va g‘olib deb topiladi.
 
Quyidagilar taqiqlanadi❌❌❌
1. Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklar
2. Bitta maktab tomonidan bir necha videorolikni yuborish.
3. Belgilangan vaqtdan tashqarida ijodiy ishlar yuborish.