Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-январь 2025, 15:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Qadrli yurtdoshlar, Vatanimiz posbonlari! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!


Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy qutlayman. 
Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning daxlsizligini ta’minlashda shubhasiz sizning ulkan hissangiz va mehnatingiz mujassam. Sizning mardonavor faoliyatingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatayotgan jonbozligingiz tahsinga sazovor. 
Vatanni sevish, u uchun fidokorona xizmat qilish hamda har doim yurt koriga yarash uchun shay bo‘lish — bu insondagi eng ulug‘ tuyg‘ulardan biri hisoblanadi.  Shu o‘rinda sizning sharafli faoliyatingiz har qancha faxr va ehtiromga loyiqdir. 
Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 
Siz bizning iftixorimiz va ishonchimizsiz. 
Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri