Hurmatli ota-onalar!
Sizni 2024 yil 26-29 aprel kunlari maktabimizda tashkil etiladigan kitob yarmarkasiga taklif etamiz.
Mazkur yarmarka yurtimiz aholisi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida 2024 yil davomida mamlakatimizning barcha hududlarida va umumta’lim maktablarida o‘tkaziladigan kitob savdosi yarmarkalari doirasida tashkil etiladi.
Ushbu yarmarkada o‘zingiz va farzandlaringiz uchun respublika- mizdagi nufuzli nashriyotlar tomonidan nashr etilgan keng turdagi bolalar va badiiy adabiyotlarni maqbul narxlarda xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Kitob yarmarkasida 20 000 so‘mdan ortiq qilingan xarid uchun Bizning maxsus sovg‘a kitobimiz taqdim etiladi.