Ijodkor yoshlar diqqatiga!“Inson qadri uchun" turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovini e'lon qiladi. Siz ijtimoiy videoroliklar tayyorlashga ustamisiz unda sizda Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Inson qadri uchun” nomli tanlovida ishtirok etish imkoni borligini maʼlum qilamiz!
Tanlov shartlari:
* Ijtimoiy videorolik 3 daqiqadan oshmasligi, avval ommaviy eʼlon qilinmagan va davlat tilida tayyorlangan bo‘lishi kerak;
Tanlovdа quyidagi mavzular bo‘yicha ijtimoiy videoroliklar qabul qilinadi:
a) maʼnaviy-axloqiy fazilatlar (bunda salomlashish odobi, kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lish, mehnatsevarlik, kamtarlik, ziyraklik, mehmondo‘stlik, bolajonlik, murosalilik, tejamkorlik, rostgo‘ylik, halollik, hojatbarorlik, vijdonlilik, daxldorlik, mardlik, shijoat, milliy g‘urur, qatʼiyat, tadbirkorlik, oriyat, ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik, oliyjanoblik kitobxonlik kabi maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan syujetlarga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq);
b) boqiy anʼana va milliy qadriyatlar (bunda xalqimiz tomonidan asrlar davomida qadrlanib, sayqal topib kelayotgan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan milliy-urf-odat va qadriyatlarga doir mavzular aks ettirilishi mumkin);
v) ijtimoiy hamjihatlik (bunda millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, mehr-shafqat, o‘zaro mehr-oqibat, yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik va shu kabi jamiyatning jipsligiga xizmat qiladigan ezgu fazilatlar bilan bog‘liq mavzular yoritilishi mumkin);
g) ekologik madaniyat (bunda videoroliklar atrof-muhitni asrash, tabiat neʼmatlarini isrof qilmaslik, jamoat joylarini toza saqlash, “Yashil makon” loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari kabi mavzularda tayyorlanishi mumkin).
Yuqoridagi mavzular har biri alohida emas, balki barchasi birgalikda umumiy tanlov hisoblanadi.
TANLOVDA TALAB ETILADIGAN MEZONLAR:
-videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilgani;
-videorolikda tasvir, ovoz va montaj ishiningsifati;
-mualifning videorolikni yaratishdagi o‘ziga xos ijodiy yondashuvi, ishning plagiat emasligi;
-videorolikning barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi;
-videorolikda maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan tasvir yoki mazmun aks ettirmasligi
Shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ijodkor yoshlar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida g‘olib deb topilgan ijodkorlarga diplom hamda pul mukofoti topshiriladi!
Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan videoroliklar 1-oktabrgacha qabul qilinadi.
Shoshiling! O‘z isteʼdodingizni namoyon qiling va g‘olib bo‘ling!
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon: +998(90) 014-09-64