Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 30-май 2025, 22:06
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Ilk bor 2025/2026-o‘quv yili uchun Jasorat maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:

murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;

shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission  (https://t.me/piima_admission_chatbot)chatbot (https://t.me/piima_admission_chatbot) yaratildi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining barcha hududiy boshqarmalarida maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

Jasorat maktablarga hujjat topshirayotgan bilimdon o‘quvchilarimizga omad tilaymiz!